“O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan ko‘rsatuvda “Hunarmand” uyushmasi “The ALIPH–EU Central Asia Call for Projects” tanlovida “Ikat Connection” loyihasi bilan grant g‘olibi bo‘lgani haqida so‘z bordi.
Ko‘rsatuvda loyihaning ahamiyati, shuningdek milliy hunarmandchilikni asrash va rivojlantirish masalalari yoritildi. Loyiha The ALIPH–EU ko‘magida va Yevropa Ittifoqining hamkorligida amalga oshirilmoqda.

