"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > 2021 yil 7 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Milliy Matbuot Markazi majlislar zalida matbuot anjumani tashkil etildi

2021 yil 7 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Milliy Matbuot Markazi majlislar zalida matbuot anjumani tashkil etildi

2021 yil 7 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Milliy Matbuot Markazi majlislar zalida 2021 yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar va 2021 yilning ikkinchi yarim yilligida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan rejalar haqida matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi rahbar va xodimlari, hunarmandlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok…

2021 yil 7 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Milliy Matbuot Markazi majlislar zalida 2021 yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar va 2021 yilning ikkinchi yarim yilligida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan rejalar haqida matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi rahbar va xodimlari, hunarmandlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

So‘nggi to‘rt yilda hunarmandchilik sohasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta Farmon va 5 ta qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 1 ta qarori qabul qilindi.

Buning natijasida, milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini rivojlantirish, bu orqali xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy an’analarini saqlab qolish, band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlar va ayollarning hunarmandchilik bilan shug‘ullanishiga keng imkoniyat yaratildi.

Davlatimiz rahbarining Farmon va Qarorlari bilan hunarmandlarga imtiyoz va preferensiyalar berilishi natijasida “Hunarmand” uyushmasi a’zolarining soni 38,9 ming nafarni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatgich Farmongacha bo‘lgan davrga nisbatan 4 barobarga oshdi. A’zo hunarmandlarning 22,6 ming nafari (58,7 foizi) erkaklar, 15,9 ming nafari (41,3 foizi) ayollar, shuningdek ularning 14,5 ming nafari (37,6 foizi)ni yoshlar tashkil etadi.

Shu bilan birga, usta-shogird an’analari rivojlanib, Respublikada shogirdlar soni 85,9 ming nafarga yetdi.

Sohada yaratilgan ish o‘rinlari soni 5 barobarga ortib, 222,7 mingtani tashkil etdi (shundan, usta-hunarmandlar hisobiga – 68,6 mingta, shogirdlar hisobiga 154,1 mingta).

2021 yilda tijorat banklarida qaytgan mablag‘lar hisobidan 2595 ta loyihalarga 77,1mlrd. so‘m kreditlar ajratilishi ta’minlandi.

“Hunarmand” uyushmasi tomonidan 2021 yilning birinchi yarim yilligi davrida yoshlar va ayollarnini hunarmandchilikka o‘rgatishda “Usta-shogird” maktablarini ko‘paytirish hamda tuman (shahar)larda “Hunarmandchilik markazlari” tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

2017 yilda “Hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari” soni 17 tani tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ular soni ikki barobarga oshdi va so‘nggi yillarda 34 ta markaz, 41 ta uy muzeylari va 4 620 ta hunarmandchilik ustaxonalari ishga tushirildi.

“Hunarmandchilik markazlari”ni tashkil etilishi yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarga milliy hunarmandchiligimiz haqida ma’lumot berish, targ‘ib qilish, yoshlarni hunarga o‘rgatishdan iborat. Bu markazlar turistik hududlarga yaqin bo‘lgan joylarga qurilgan, mehmonlar topishi oson bo‘lishi inobatga olingan. Bundan tashqari, bu kabi markazlar xalq amaliy san’atini asrab-avaylash, milliy hunarmandchiligimizni rivojlantirish va kelajak avlod uchun saqlash, usta hunarmandlardan bu sohaning sir-asrorlarini yoshlarga o‘rgatishiga xizmat qiladi.

2021 yilning birinchi yarim yilligi davrida “Hunarmand” uyushmasi tomonidan fuqarolarni ayniqsa, yoshlar va ayollarni hunarmandchilikka jalb qilish orqali ular bandligini ta’minlash bo‘yicha mahallabay ishlash tizimi joriy qilish maqsadida uyushma a’zolari yagona bazasida”mahalla” tasnifi kiritildi.

Ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, hunarmandchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlariga ko‘maklashish maqsadida Uyushma tomonidan tashkil qilinadigan qisqa muddatli o‘quv kurslarida“Ayollar daftari”ga kiritilgan va hunar o‘rganishni istagan xotin-qizlar o‘qitildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 martdagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5020-son qarori asosida hunarmandchilikning 7 ta yo‘nalish turi bo‘yicha ixtisoslashgan klasterlar faoliyati tajriba sifatida joriy etildi. Respublikaning 13 ta hududi bo‘yicha klasterlar mas’uliyati cheklangan jamiyat sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilib, jami 22.8 mlrd so‘mlik ustav kapitali shakllantirildi.

“Hunarmand” uyushmasi tomonidan “Yoshlar 1+1” dasturi doirasida faol hunarmandlar ro‘yxati tuman va mahallalar kesimida “id” lar bo‘yicha shakllantirildi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan uyushmagan va ishsiz yoshlarni kasb-hunar o‘qitish maqsadida o‘zaro hamkorlik bitimi tuzilib, “usta-shogird” an’analari asosida o‘quv kurslari tashkillashtirildi.

Yoshlar agentligi “Hunarmand” uyushmasiga 11 854 nafar ishsiz yoshlar ro‘yxatini taqdim etdi. Bugungi kunda jami 11 231 nafar yoshlar o‘rganildi. Ulardan, 6 366 nafar yoshlar hunarmandchilik o‘quv-kurslarida o‘qishga hohishi borligi aniqlandi. Ushbu yoshlarning 4 378 nafari usta hunarmandlarga biriktirildi. Taqdim etilgan ro‘yxat bo‘yicha qolgan 623 nafar yoshlar uyushmaning hududiy bo‘limlari tomonidan o‘rganilmoqda.

“Hunarmand” uyushmasi turli millatga mansub hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tizimli ish olib bormoqda. Xususan, olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida joriy yilning birinchi yarim yilligi davrida turli millat vakillari bo‘lgan 1739 nafar hunarmandlar uyushmaga a’zo bo‘ldi.

Uyushma tomonidan hunarmandlarga o‘z mahsulotlarini realizasiya qilishda ko‘maklashish va onlayn savdoni yo‘lga qo‘yish maqsadida www.uzcrafts.com va www.uzcraft.shopsettings.com internet magazinlari, www.youngcrafters.uz sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Instagram, Telegram) UzCraft.com kanal va guruhlari, Yebay va ETSY (AQSH) xalqaro onlayn savdo maydonchalarida Uzbek Craft and Art savdo do‘konlari tashkil etilib, onlayn savdo bilan shug‘ullanuvchi hunarmandlar soni

200 nafarga yetib, jami sayt va kanallarda hunarmandchilikning o‘ndan ortiq yo‘nalishi bo‘yicha 5 mingdan ortiq hunarmandchilik mahsulotlari joylashtirildi. Bugungi kunda onlayn savdoning umumiy qiymati 1 mln. 20 ming AQSH dollarini tashkil etmoqda.

O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixona va vakolatxonalari ko‘magida bir nechta savdo uylari, hunarmandchilik mahsulotlari savdo do‘konlari hamda yirik savdo markazlari bilan hamkorlik o‘rnatilib, jami 3 mln 800 ming AQSH dollari miqdoridagi hunarmandchilik mahsulotlari eksport qilindi. Bunda, O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixona va vakolatxonalari ko‘magida bir nechta savdo uylari, hunarmandchilik mahsulotlari savdo do‘konlari hamda yirik savdo markazlari bilan hamkorlik o‘rnatilib, MDH, Yevropa va AQSH davlatlariga kulolchilik mahsulotlari 2 mln 200 ming, kashtachilik va zardo‘zlik mahsulotlari 450 ming, yog‘och o‘ymakorligi mahsulotlari 650 ming, gilamchilik va qo‘lda gazlama to‘qish mahsulotlari 350 ming va boshqa hunarmandchilikning mahsulotlari 150 ming, jami 3 mln 800 ming AQSH dollari miqdorida eksport qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Turkiya, Fransiya, Belgiya va Xitoy davlatlaridagi diplomatik vakolatxonalarida tashkil etilayotgan shourumlarga jami 45 ming AQSH dollari miqdoridagi hunarmandchilik mahsulotlari yetkazildi.

Matbuot anjumanida “Hunarmand” uyushmasi tomonidan 2021 yilning ikkinchi yarim yilligi davrida amalga oshirilishi rejelashtirilayotgan rejalar haqida ham ommaviy axborot vositalari xodimlariga ma’lumot berildi. Jumladan, tijorat banklarida qaytgan mablag‘lar hisobidan loyihalarga kreditlar ajratilishi, yoshlar va ayollarnini hunarmandchilikka o‘rgatishda “Usta-shogird” maktablarini ko‘paytirish hamda har bir shahar-tumanlarda “Hunarmandchilik markazlari” tashkil etilishiga aloxida e’tibor qaratilishi ta’kidlanadi. Shuningdek, ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, hunarmandchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlariga ko‘maklashish maqsadida Uyushma tomonidan tashkil qilinadigan qisqa muddatli o‘quv kurslarida“Ayollar daftari”ga kiritilgan va hunar o‘rganishni istagan xotin-qizlar o‘qitiladi.hunarmandchilik mahsulotlarini chet el bozorlarida namoyish etish va sotishga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan hamkorlik ishlari jadallashtiriladi.

Matbuot anjumani so‘ngida jurnalistlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

 O‘zbekiston Respublikasi
“Hunarmand” uyushmasi Axborot xizmati