Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Zamonamiz qahramonlariga – ehtirom

Zamonamiz qahramonlariga – ehtirom

Pandemiya vaqtida tibbiyot xodimlarini qoʼllab-quvvatlash va ularga yordam berish uchun Qoraqalpogʼiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan hunarmandlar ham faol ishtirok ettib oʼz hissalarini qoʼshmoqdalar.

Jumladan, Toʼrtkoʼl tumanida faoliyat yuritayotgan tikuvchi, mohir hunarmand Mehribon Karimjanova taqsimlash punktiga joylashtirilgan boʼlinmalarning pardalarini bepul tikib berdi.

Qoʼngʼirot tumanida ish olib borayotgan hunarmand Ziyada Madiyarova uy sharoitida karantin qoidalariga rioya qilgan holda tibbiyot xodimlariga 130 dona kombinezon, 50 dona mahsus tibbiyot qalpogʼi, 50 dona fartuk, 70 dona choyshablar tikib berdi.

Toʼrtkoʼl tumanida hunarmandchilikning metalldan yasalgan buyumlar yoʼnalishida ijod qilayotgan 4 nafar usta hunarmandlar Toʼrtkoʼl tumanida joylashgan taqsimlash punktiga oʼz hisobidan yordam tariqasida 5 donadan yotoq uchun kravatlar ishlab berdilar.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati