Yaponiyada o‘tkazilayotgan “World Wood Day” yog‘och o‘ymakorligi hunarmandchilik tadbirida o‘zbek hunarmandlari ishtirok etmoqda

2025-yil 3-8 aprel kunlari Yaponiyaning Inami shahrida “World Wood Day” yog‘och o‘ymakorligi hunarmandchilik tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi xalqaro tadbirda butun dunyodan Argentina, Angliya, Norvegiya, Shvesiya, Gresiya, Saudiya Arabistoni, Suriya, Bahrayn, Misr, Quvayt, Xitoy , Afrika, Armaniston va O‘zbekistondan yog‘och o‘ymakorlari ishtirok etmoqda. Shu o‘rinda aytish kerakki, ishtirokchi davlatlardan bir nafardan faqat O‘zbekisondan 2 nafar ya’ni “Hunarmand” uyushmasi a’zolari toshkentlik hunarmandlar Anvar Hikmatullayevich Alimbayev va Mirmaxsud Tursunovich Mirrahimbayevlar ishtirok etmoqdalar.
Respublika “Hunarmand” uyushmasi tomonidan ushbu ikki nafar hunarmandning ko‘rgazmaga borib kelish yo‘lkira xarajatlari to‘lab berildi.
Aytish kerakki, yog‘och o‘ymakorligi kasb-hunar maktabida tashkil etilgan tadbir o‘zaro malaka almashish, o‘ymakorlik ustalaridan saboq olish va yog‘och o‘ymakorligi san’atning noyob imkoniyatlarini taqdim etadi.

 

Oldingi O’zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi a’zosi, hunarmand ILXOM KOMILOVICH DAVLETOVNING «Qo’lda gilam to’qish» yo’nalishi bo’yicha o’quv kursi REJA JADVALI

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.