Yangiyo‘llik mohir yog‘och o‘ymakori Begzod Madraimovning muammo va takliflari tinglandi

O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov Toshkent viloyatida xizmat safari davomida yangiyo‘llik mohir yog‘och o‘ymakori Begzod Madraimov bilan suhbatlashdi.

Begzod Madraimov Yangiyo‘l shahrida faoliyat olib boradi.U daraxt  ildizidan dekarativ milliy hamda zamonaviy sovg‘abop mahsulotlar ishlab chiqaradi.

Uyushma rahbari suhbat  davomida hunarmandning muammolarini ham tingladi, ulardan biri usta-shogird maktabini tashkil qilish uchun joy masalasi, har bir yo‘nalish uchun alohida savdo do‘konlarini ishga tushirish kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

Suhbatda shuningdek, Uyushma rahbari jamoatchilik kengashi tashkil etilayotganligi haqida ham gapirdi, kengashning maqsad vazifalarini tushuntirdi.

Hunarmandning faoliyatidagi yutuqlar, takliflarni tingladi, muammolarini eshitdi.

Oldingi O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov qibraylik mohir yog‘och o‘ymakori Shavkat Yusupov ustaxonasida bo‘ldi

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.