Bugun yurtimiz hunarmandlari o‘z ovozini bemalol eshittira oladigan, taklif va fikrlarini bevosita Respublika ”Hunarmand” uyushmasiga yetkazadigan zamonaviy platformaga ega bo‘ldilar.
Bu — Hunarportal.uz. Yagona onlayn murojaatlar portali.
Endilikda O‘zbekiston bo‘ylab faoliyat yuritayotgan barcha hunarmandlar o‘zlarining fikr, taklif va muammotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri respublika darajasida bizga yetkazish imkoniyatiga ega.
Shunchaki ro‘yxatdan o‘ting, o‘z shaxsiy panelingizga ega bo‘ling va murojaatingizni yuboring. Har bir murojaat — e’tiborsiz qolmaydi.
Shaxsiy kabinet orqali siz quyidagi imkoniyatlardan foydalanishingiz mumkin:
Murojaat yuborish;
Kutilayotgan yoki kelgan javoblarni ko‘rish;
Biz bilan yozishmalarni davom ettirish;
Murojaat holatini real vaqt rejimida kuzatish.
Yuborilgan har bir murojaat Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov tomonidan shaxsan ko‘rib chiqiladi va nazorat qilinadi.
Portal foydalanuvchilari nafaqat hunarmandlar, balki Uyushma bilan hamkorlik qilishni istovchi tashkilot va fuqarolar ham bo‘lishi mumkin.
Bugun Hunarportal.uz orqali bizga murojaat qiling — sizning murojaatingiz va taklifingiz biz uchun muhim!
