Xalqaro turizm yarmarkasi o‘tkazildi

Joriy yilning 18 noyabr kuni Namangan shahridagi «Atour» mehmonxonasida xalqaro turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Namangan viloyatining turizm salohiyatini namoyish etish va hududga sayyohlarni jalb etish maqsadida tashkil etildi.

Yarmarkada 60 ga yaqin mahalliy va xorijiy turbiznes vakillari, shuningdek, turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan 50 dan ortiq yoshlar hamda hunarmandlar ishtirok etishdi. Shveytsariya, Avstriya va Germaniyadan tashrif buyurgan turbiznes subyektlari Namangan viloyatining yangi turistik yo‘nalishlari va imkoniyatlari bilan tanishdilar.

Tadbirda viloyatda faoliyat yuritayotgan turoperatorlar o‘z turpaketlari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, mahalliy hunarmandlar o‘zlarining noyob mahsulotlari va ko‘rgazmalari bilan xorijlik mehmonlarni o‘ziga jalb qildi. Mahalliy san’at va hunarmandchilik mahsulotlari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Oldingi «Hunarmandchilikda faol tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish» bo‘yicha trening davom etmoqda

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklariga a'zo bo'lish