“UMRBOQIY MEROS” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazi va O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi MEMORANDUM imzolandi

“Sohir qalam mo‘jizasi” V Respublika xattotlik va miniatyura asarlari ko‘rgazmasi dasturi doirasida “UMRBOQIY MEROS” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazi va O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Milliy hunarmandchilikni yanada rivojlantirish orqali yoshlarda hunarmandchilikka bo‘lgan mehrni uyg‘otish, xalq amaliy va tasviriy san’ati, soha rivojiga ulkan hissa qo‘shgan hunarmandlar, xalq ustalari hayoti va ijodini keng targ‘ib qilish kabi ishlarni amalga oshirishda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish maqsadida

Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi R.Mirzaaxmedov hamda “Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazi direktori L. Mirzayevalar Uyushma hamda targ‘ibot markazi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik Memorandumini imzoladilar.

Oldingi “Sohir qalam mo‘jizasi” V Respublika xattotlik va miniatyura asarlari ko‘rgazmasi

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.