Janubiy Koreya Global shaharlar turizmini rivojlantirish tashkiloti bosh kotibi – O‘zbekistonning Janubiy Koreya Respublikasidagi turizm brendi elchisi Kang Da Yun bilan Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Adiz Boboyev O‘zbekiston va Janubiy Koreya Respublikasi o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbollariga alohida e’tibor qaratdi. Uchrashuv xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini bildirdi.
Uchrashuvdan so‘ng Samarqand va Chungcheongbuk-do kompaniyalari o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Samarqand viloyatidan Koreyaga borgan «Hunarmand» uyushmasi viloyat boshkarmasi boshlig‘i Umid Hakimov ushbu tadbirda «Chungbuk Handicrafts Cooperative” hunarmandchilik mahsuloti ishlab chiqarish korxona rahbari Ahn Myeong Su va uning o‘rinbosari Ox Jin Ju bilan uchrashib, birgalikda ishni tashkil qilish bo‘yicha kelishuvlar imzoladi.