Bugun ushbu nufuzli tadbirni yuksak saviyada tashkil etish va samarali o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan maxsus yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosarlari Xurshidjon Ahmedov va Hakimjon Dolimov ishtirok etdilar.
Joriy yilning 19–21 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu xalqaro festivalni yuksak saviyada o‘tkazish yuzasidan vazifalar muhokama qilindi.
Tayyorgarlik jarayonlari batafsil tahlil qilinib, amaliy chora-tadbirlar belgilandi.