Temirchilik An’anasi Va Zamonaviy Yondashuv: Mehriddin Baqoyev Tajribasi

Bugun “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlik va hunarmandchilik yo‘nalishlarida o‘zini-o‘zi band qilgan aholi vakillari safi kengaymoqda. Ulardan biri Mehriddin Baqoyev uzoq yillardan beri temirchilik bilan shug‘ullanadi.

Xonadonidagi moʻjazgina ustaxonada erta tongdan kechga qadar ish to‘xtamaydi. Qo‘shni qishloqlar, uzoq mahallalardan ham ustaning ta’rifini eshitib, temirchilik buyumlarini yasatish uchun keluvchi buyurtmachilar qadami arimaydi.

Asli oilaviy temirchi ustalar avlodidan bo‘lgan Mehriddin Baqoyev bugun ajdodlardan saqlanib kelayotgan qadim ko‘hna andozalar va zamonaviy usullarni uyg‘unlashtirgan holda pichoq, qaychi, o‘roq, bolta, bolg‘a, ketmon kabi uy-ro‘zg‘orga zarur buyumlarni talab darajasida pishiq-puxta yasab berib, o‘z ijodiy namunalarini yaratmoqda.

Botir Zaripov temirchining ustaxonasida bo‘ldi. Ushbu mahallaning temirchilik sohasiga ixtisoslashib, fuqarolar xorijda emas, o‘z uylarida ish bilan bandligi katta yutuq ekanligini qayd etgan viloyat rahbari mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati rivoji uchun yaratib berilayotgan qulay sharoitlar samarasi sifatida bu yerda temirchilik sanoat zonasini tashkil etish maqsadga muvofiqligini ta’kidladi.

Mazkur loyiha xalqimiz, yoshlarimiz, tadbirkorlar uchun manfaatli bo‘lishi, imkoniyatlardan unumli foydalanib, yanada sifatliroq mahsulotlarni tayyorlab, nafaqat tuman bozoriga balki, boshqa hududlarga ham o‘zimizni mahsulotimizni sotadigan darajaga olib chiqish kerakligi, katta marralarni ko‘zlab ishlansa, qilgan ishlarning natijasi kutgandan ham ko‘ra a’lo va serdaromad bo‘lishligi qayd etildi.

shunga title kerak

Oldingi E’LON! Xalqaro hunarmandchilik festivali va kulolchilik forumiga taklif etamiz!

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.