Memorandumda tomonlar O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning madaniy merosini, shuningdek an’anaviy hunarmandchilik san’atini saqlash va ommalashtirish, hunarmandchilik merosi bo‘yicha hujjatli filmlar, multimedia loyihalari va raqamli arxivlarni yaratish va targ‘ib qilish, qo‘shma ko‘rgazmalar, festivallar va madaniy tadbirlarni tashkil etish, hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, an’analarni yosh avlodga yetkazishga qaratilgan ta’lim va tadqiqot tashabbuslarini o‘tkazish, hunarmandchilikning kashtachilik, milliy o‘yinchoqlar yasash, kulolchilik, yog‘och o‘ymakorligi, gilamdo‘zlik, milliy cholg‘u asboblarini yaratish kabi turlarini rivojlantirish va ommalashtirishga ko‘maklashadi.
