“Hunarmand” uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan “CHIMGAN” savdo markazi bilan hamkorlikda hunarmandchilik ko‘rgazma-savdosi hamda ko‘rgazma-savdo doirasida “SPRING fashion 2025” modalar namoyishi o‘tkazildi.
Ko‘rgazma-savdoda toshkentlik 15 nafar hunarmand ishtirok etdi hamda milliy liboslar yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan 2 nafar hunarmand Raximova Indira va Feruza Rasulovalar modalar namoyishida o‘z ishlari bilan qatnashdi.
