Samarqand shahridagi «Silk Road Samarkand» majmuasida «O‘zbekistonning an’anaviy me’moriy keramikasini qayta tiklashning dolzarb masalalari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda Turkiya, Eron, Xitoy kabi xorijiy davlatlardan kelgan keramika va koshinkorlik san’ati mutaxassislari va hunarmandlari, xalqaro olimlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov ham ishtirok etdi.
Seminarda O‘zbekistonning betakror moddiy merosining ajralmas qismi bo‘lgan memoriy yodgorliklardagi sirlangan koshinlarni saqlash, qayta tiklash va restavratsiya qilish bo‘yicha eng dolzarb muammolar muhokama qilindi.
Seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad O‘zbekistonning an’anaviy arxitektura keramikasining tarixiy, badiiy va texnologik xususiyatlarini o‘rganish, shuningdek, uni tiklash usullarini mahalliy an’anaviy ustalar va dunyo tajribasiga asoslanib ishlab chiqishdir.