Respublika “Hunarmand” uyushmasida uyushma raisi R.Mirzaaxmedov «Buyuk ipak yo‘li» gildiyasi rahbari Nodirbek Mo‘minbayev bilan videoselektr tarzida onlayn muloqot o‘tkazdi

Respublika “Hunarmand” uyushmasida uyushma raisi R.Mirzaaxmedov Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahrida joylashgan, «Buyuk ipak yo‘li» gildiyasi rahbari Nodirbek Mo‘minbayev bilan videoselektr tarzida onlayn muloqot o‘tkazdi.

Ma’lumki, uyushma o‘zining “Hunar.uz” platformasiga ega bo‘lib, hozirgi kunda ushbu saytda O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatuvchi, uyushmaga a’zo hunarmandlarning faoliyatiga oid ma’lumotlar bazasi to‘liq shakllantirilgan.

Yig‘ilish davomida N. Mo‘minbayev Qirg‘iston Respublikasida hunarmandlar haqidagi ma’lumotlarni ham bir yerda jamlaydigan “Hunar.uz” sayti kabi mukammal yangi veb-sayt yaratish maqsadida ekanligini bildirdi. O‘zaro taklif va mulohazalarga boy tarzda o‘tgan onlayn muloqot yakunida ushbu platformani yaratishda ularga texnik jihatdan ko‘mak berishga kelishib olindi.

Oldingi DIQQAT E’LON! Koʻrgazma

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.