Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov O‘zbekiston xalq rassomi, “Hunarmand” uyushmasi a’zosi A’zamo‘ja Asqarov bilan uchrashib, suhbatlashdi

Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov O‘zbekiston xalq rassomi, “Hunarmand” uyushmasi a’zosi A’zamo‘ja Asqarov bilan uchrashib, hunarmand tomonidan yaratilgan mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi.

A.Asqarov oddiy ko‘zguga bir-biridan betakror bo‘lgan naqshinkor bezaklarni solish bo‘yicha O‘zbekistonda sanoqli usta-hunarmandlardan hisoblanadi. Ustaning mohirona, did bilan yasagan chinakam san’at asarlari hozirgi kunda respublikamizdagi ko‘plab bino va inshootlarga zeb berib turibdi.

Suhbat davomida Uyushma raisi hunarmand faoliyatidagi mavjud muammo va takliflarni tinglab, ustoz-shogird an’anasi asosida noyob bo‘lgan ushbu san’at turini yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘zining taklif va mulohazalarini bildirdi.

Oldingi Malayziyada o’tkazilgan “Borneo Craft Global” (BCG) “Expo & Conference” festivalida o’zbekistonlik hunarmand Rustam Muzaffarov munosib ishtirok etdi

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.