O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov Farg‘ona viloyatida xizmat safarida
O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov joriy hafta Farg‘ona viloyatiga xizmat safarini amalga oshirdi. Safari doirasida Uyushma rahbari Marg‘ilon shahridagi mashhur xalq amaliy san’ati ustasi, faxriy hunarmand Ibrohimjon Sultonov faoliyat yuritayotgan hunarmandchilik markaziga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Rasuljon Mirzaaxmedov qadimiy uslubda tiklangan namunaviy uy va ustaxona bilan yaqindan tanishdi. U yerda milliy hunarmandchilikning muhim jihatlari, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan an’analar, shuningdek, yosh hunarmandlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida fikr almashildi.
Uyushma raisi ustoz hunarmandning tajribasini yuqori baholab, ushbu maskanni respublika miqyosida namunali markaz sifatida keng targ‘ib etish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, u hunarmandchilik sohasini rivojlantirish, ustalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bu yo‘nalishda innovatsion yondashuvlarni joriy etish borasida bir qator tavsiyalar berdi.