O’zbekistonlik hunarmandlar хalqaro “Berlin Bozori” tadbirida ishtirok etishmoqda.

Germaniya davlatining O’zbekistonagi GIZ хalqaro tashkiloti tomonidan moliyalashtirilayotgan Farg’ona vodiysida turizmni barqaror rivojlantirishga qaratilgan loyiha doirasida Farg’ona vodiysidan 9 nafar hunarmandning “Berlin Bozori” tadbirida ishtirok etishi GIZ halqaro tashkiloti tomonidan to’liq moliyalashtirilmoqda.

Mazkur ishtirok hunarmandlarning Farg’ona vodiysiga xos noyob hunarmandchilik mahsulotlarini xalqaro miqyosda namoyish qilish imkonini beradi. Ushbu yordam hunarmandlarning “Berlin Bozori” tadbirida ishtirok etishi uchun zarur bo’lgan barcha harajatlarni to’liq qoplashni o’z ichiga oladi, bu esa ularga o’z mahsulotlarini taqdim etish, xalqaro bozorlarda hamkorlik aloqalarini o’rnatish va xalqaro auditoriyaga chiqish imkonini yaratadi.

Ushbu hunarmandlar qatorida Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi R.Mirzaaxmedov ham bo’lib u o’z ustaxonasida yaratilgan mahsulotlar bilan qatnashchi sifatida tanlab olingan. Berlin shahriga yetib kelgan hunarmandlar festival oldidan shahardagi hunarmandchilik mahsulotlari bilan savdo qiluvchi galeriyalar, savdo shahobchalarida bo’lib, ushbu dargohlarda hunarmandchilik mahsulotlarini namoyish etish hamda ushbu savdo tarmoqlari bilan kelgusida O’zbekistondagi hunarmandlarning mahsulotlarini sotib olish bo’yicha rejalar ko’rib chiqilmoqda. 07-10 noyabr` kuni bo’ladigan “Berlin Bozori” ko’rgazmasida birinchi bor o’zbek hunarmandlarining mahsulotlari namoyish qilish, kelgusida hamkorlik o’rnatish bo’yicha muzokaralar o’tkazish nazarda tutilgan. Tadbir bo’yicha to’liq ma’lumotlar berib boriladi.

 

 

Oldingi O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov bilan uyushma tomonidan

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklariga a'zo bo'lish