Germaniya davlatining O’zbekistonagi GIZ halqaro tashkiloti tomonidan moliyalashtirilayotgan Farg’ona vodiysida turizmni barqaror rivojlantirishga qaratilgan loyiha doirasida Farg’ona vodiysidan 9 nafar hunarmandning “Berlin Bozori” tadbirida ishtirok etishi GIZ halqaro tashkiloti tomonidan to’liq moliyalashtirilmoqda. Mazkur ishtirok hunarmandlarning Farg’ona vodiysiga xos noyob hunarmandchilik mahsulotlarini xalqaro miqyosda namoyish qilish imkonini beradi. Ushbu yordam hunarmandlarning “Berlin Bozori” tadbirida ishtirok etishi uchun zarur bo’lgan barcha xarajatlarni to’liq qoplashni o’z ichiga oladi, bu esa ularga o’z mahsulotlarini taqdim etish, xalqaro bozorlarda hamkorlik aloqalarini o’rnatish va xalqaro auditoriyaga chiqish imkonini yaratadi. Ushbu hunarmandlar qatorida Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi R.Mirzaaxmedov xam bo’lib u o’z ustaxonasida yaratilgan maxsulotlar bilan qatnashchi sifatida tanlab olingan. Berlin shahriga yetib kelgan hunarmandlar festival oldidan shahardagi hunarmandchilik maxsulotlari bilan savd qiluvchi galeriyalar, savdo shahobchalarida bo’lib, ushbu dargoxlarda hunarmandchilik maxsulotlarini namoyish etish hamda ushbu savdo tarmoqlari bilan kelgusida O’zbekistondagi hunarmandlarni maxsulotlarini sotib olish bo’yicha rejalar ko’rib chiqilmoqda. 07-10 noyabr` kuni bo’ladigan “Berlin Bozori” ko’rgazmasida birinchi bor o’zbek hunarmandlarini maxsulotlari namoyish qilish, kelgusida hamkorlik qilish bo’yicha muzokaralar o’tkazish nazarda tutilgan. Tadbir bo’yicha to’liq ma’lumotlar berib boriladi.