Respublika “Hunarmand” uyushmasi Hunarmandchilik markazi binosida 2024 yilning 12 dekabridan boshlab xotin-qizlar uchun hunarmandchilikning to‘quvchilik, kashtachilik, zardo‘zlik, milliy taqinchoqlar yasash yo‘nalishlarida bepul o‘quv kurslari o‘z faoliyatini boshladi.
Ushbu o‘quv kurslari xotin-qizlarga mazkur hunar turlariga oid ko‘nikmalarga ega bo‘lish, hunarmandchilik va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun ajoyib imkoniyat!
Imkoniyatdan unumli foydalaning, o‘quv kurslariga marhamat!
Art kalliragrafiya hunariga juda qiziqaman va ushbu hunarni xotin qizlar qomitasi tomonidan bepul tarzda oqishni juda hohlayman. Sababi hozir talabaman va bunga alohida tolov qilish uchun imkoniyatim yoq.