Respublika “Hunarmand” uyushmasi Hunarmandchilik markazi binosida 2024 yilning 12 dekabridan boshlab xotin-qizlar uchun hunarmandchilikning to‘quvchilik, kashtachilik, zardo‘zlik, milliy taqinchoqlar yasash yo‘nalishlarida bepul o‘quv kurslari o‘z faoliyatini boshladi.
Ushbu o‘quv kurslari xotin-qizlarga mazkur hunar turlariga oid ko‘nikmalarga ega bo‘lish, hunarmandchilik va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun ajoyib imkoniyat!
Imkoniyatdan unumli foydalaning, o‘quv kurslariga marhamat!