O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov qibraylik mohir yog‘och o‘ymakori Shavkat Yusupov ustaxonasida bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov Toshkent viloyatida xizmat safari davomida qibraylik mohir yog‘och o‘ymakori Shavkat Yusupov ustaxonasida bo‘lib, hunarmand bilan suhbatlashdi.

Shavkat Yusupov faoliyati davomida 80 dan ortiq Respublika miqyosidagi ko‘rik-tanlov, festival va boshqa tadbirlarda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallagan.

2013-yil «Tashabbus» ko‘rik tanlovi Respublika bosqichining  «Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori»,» Tashabbus»ko‘rik tanlovi 2019 yil «Yilning eng yaxshi hunarmandi» Prezident sovrini «SPARK»  avtomobili sohibi.

Asosiy ish faoliyati yong‘oq daraxti taxtasidan milliy hunarmandchilik buyumlari (lahlar, laganlar, shkatulka-qutichalar va boshqalar), shaxmat, narda, mebellar yasash va ularni milliy uslubda o‘yib bezash hamda milliy uslubda o‘yib bezatilgan ayvonlar hamda yelkanli kemalar maketini va milliy musiqa asboblarini yasash.

Usta hunarmandning mahorati yildan-yilga oshib borib, u yaratayotgan o‘ymakorlik va naqqoshlik buyumlari, badiiy asarlar xorijliklar e’tiborini ham jalb qilmoqda.

Uyushma rahbari hunarmand bilan suhbatlashdi, jamoatchilik kengashi tashkil etilayotganligi haqida ham gapirdi, kengashning maqsad vazifalarini tushuntirdi.

Hunarmandning faoliyatidagi yutuqlar, takliflarni tingladi, muammolarini eshitdi.

Oldingi O‘zbek hunarmandi faoliyati Xindiston OAV nigohida

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.