Xizmat safari davomida Uyushma rahbari Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda viloyatda hunarmandchilik va hunarmandchilik markazlarini yanada rivojlantirish, hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, 2025-yilda oldimizga qo‘yilgan vazifalar, xususan, joriy yilda hududlar kesimida 96 307 nafar xotin-qizlarni usta-shogird an’analari asosida hunar o‘rganishi va bandligini ta’minlashga ko‘maklashiladi shu jumladan Andijon viloyatida 2500 nafar xotin-qizlarga hunar o‘rgatilib bandligi ta’minlanadi.
Yig‘ilishda ijro intizomi, grant loyihalari bilan ishlash kabi masalalari haqida ham so‘z yuritildi.
