2024yil fevral oyida Kuala-Lumpur hunarmandchilik majmuasida tashkil etilgan ko‘rgazmada buxorolik hunarmandlar Mehrangiz Shukurova va navoiylik Feruza Qulmatova ishtirok etgan.
Ko‘rgazmada O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi ko‘magida pavilyon tashkil etilib, unda hamyurtlarimiz mis idishlarga naqsh o‘ymakorligi, kashtachilik san’ati bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etgandi.
Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim ishtirok etib, 2024-yilda Milliy hunarmandchilik kuniga bag‘ishlangan xalqaro hunarmandchilik ko‘rgazmasini tashkil etishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasiga alohida minnatdorchilik maktubi topshirgandi
Malayziya Bosh vaziri ko‘rgazmada o‘zbekistonlik hunarmandlarning ishtirokini yuqori baholagan. Unga buxorolik usta yasagan mis lagan va Buxoroning tarixiy obidalari tasvirlangan naqshlar sovg‘a qilingan.Ko‘rgazma 4-martga qadar davom etgandi.
-Malayziyada o‘tkazilgan ko‘rgazmada ishtirok etganim o‘z ijodimni tanishtirishga bir imkoniyat edi,-deydi biz bilan suhbatda yosh kandakor Mehrangiz Shukurova.