Ayni vaqtda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat sohasida nufuzli xalqaro brendlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-286-sonli qarori ijrosi yuzasidan
“Hunarmand” uyushmasining majlislar zalida “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJning malakali mutaxassislar ishtirokida ZOOM platformasi orqali «Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan moliyaviy yordamlar» bo‘yicha o’quv seminar-trening o’tkazilmoqda.
O’quv seminarda Respublika «Hunarmand» uyushmasi rais o’rinbosarlari, bo’lim boshliqlari, hududiy boshqarmalarning mas’ul hodimlari va tuman, shahar bo’limlari bo’lim boshliqlari ishtirok etmoqda.
Seminar davomida https://subsidiya.epauzb.uz platformasidan foydalanish bo’yicha savol-javoblar o’tkaziladi.