Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Oltinko‘l tumani hokimi hamda prokurori “Uyg‘ur” mahallasidagi tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi

Oltinko‘l tumani hokimi hamda prokurori “Uyg‘ur” mahallasidagi tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi

Oltinko‘l tumanining “Uyg‘ur” mahallasidagi “Usta Muxtor Oxun”  MDF eshiklari ishlab chiqarish korxonasida tayyorlangan MDF eshiklari va romlarini yuqori sifat va hamyonbop narxlarda, deb  bemalol ayta olamiz. Oltinko‘l tumani hokimi O.Rasulov, tuman prokurori J.Umurzoqovlar bugun “Uyg‘ur” mahallasidagi tadbirkorlar faoliyati bilan tanishar ekan, ular ishlab chiqarayotgan  mahsulotlarni ko‘rib, mana  shunday ta’rif bilan rag‘bat berishdi tadbirkorlarga. Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash,…

Oltinko‘l tumanining “Uyg‘ur” mahallasidagi “Usta Muxtor Oxun”  MDF eshiklari ishlab chiqarish korxonasida tayyorlangan MDF eshiklari va romlarini yuqori sifat va hamyonbop narxlarda, deb  bemalol ayta olamiz. Oltinko‘l tumani hokimi O.Rasulov, tuman prokurori J.Umurzoqovlar bugun “Uyg‘ur” mahallasidagi tadbirkorlar faoliyati bilan tanishar ekan, ular ishlab chiqarayotgan  mahsulotlarni ko‘rib, mana  shunday ta’rif bilan rag‘bat berishdi tadbirkorlarga.

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, albatta, ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi,  yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun ham yaxshi imkoniyatlarni beradi. Tuman rahbarlari o‘z o‘rnida tadbirkor va ishbilarmonlar bilan mana shu mavzuda suhbatlashib, usta-shogird asosida yoshlarga ko‘mak berishlari – bu tumanda ishsizlikning oldi olinishiga sabab bo‘ladi, deya fikrlarini bildirishdi. Endi bu korxonada mahalladagi ishsiz yoshlar ham ish bilan ta’minlanadi va usta-shogird asosida faoliyat olib borishadi.

Author: Uyushma axborot xizmati