Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘llab-quvvatlashi bilan Nukus shahrida joylashgan «Oqqush» majmuasida Nukus shahri tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazma-yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi vakillari, tegishli vazirlik, idora va tashkilot rahbarlari, Nukus shahri va tumanlarida faoliyat yuritayotgan hokim o‘rinbosarlari va hokim yordamchilari, shuningdek, Nukus shahridagi jami 71 ta MFYdan ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, hunarmandchilik, ustachilik, baliqchilik va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan 120 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi.