Ayni daqiqalarda Farg‘ona viloyatining Rishton tumaniga Jahon hunarmandlar Kengashi (WCC AISBL) prezidenti Saad H. J. Alqadoomiy boshchiligidagi xalqaro delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida AQSH, Hindiston, Quvayt, Rossiya va Janubiy Afrikadan mehmonlar ishtirok etmoqda.
Mehmonlarga viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov va “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov hamrohlik qilmoqda. Shuningdek, delegatsiyani Rishton tumani hokimi Bahodir Xoliqov kutib oldi.
Delegatsiya xalq amaliy san’ati ustasi, mashhur kulol Alisher Nozirov ustaxonasiga tashrif buyurib, an’anaviy Rishton kulolchiligi bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlar ustozning mahorat darslarida ishtirok etishdi va noyob san’at namunalarini katta qiziqish bilan kuzatdilar.
Rishton san’ati — bu faqat hunar emas, balki bebaho meros va yurtimiz madaniyatining yorqin timsolidir!