“Ipak yo‘lida muloqot” forumida hunarmandchilik istiqbollari muhokama qilindi

Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Ipak yo‘lida muloqot” xalqaro turizm forumida “Hunarmand” uyushmasi Samarqand viloyat boshqarmasi rahbari U. Haqimov o‘zining batafsil ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Ma’ruzada xorijiy sayyohlarga hunarmandchilik sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, milliy an’analarni asrab-avaylash va yangi avlodga yetkazishga qaratilgan loyihalar haqida so‘z bordi.

“Hunarmand” uyushmasi o‘zbek milliy hunarmandchiligi san’atini dunyoga tanitish, mahalliy ustalarning mahoratini oshirish hamda hunarmandchilik sohasida yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, uyushma hunarmandchilik mahsulotlarini eksport qilish va xalqaro bozorga chiqarish bo‘yicha ham ko‘plab tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ushbu forum “Hunarmand” uyushmasiga o‘z salohiyatini yanada oshirish va xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

Siz ham milliy hunarmandchilik san’atining rivojiga hissa qo‘shish uchun biz bilan bog‘laning!

Oldingi Jizzaxda Viloyat Hunarmandlarining Umumiy Yig‘ilishi Bo‘lib O‘tdi

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.