Ipak yo‘li xalqaro tadqiqot instituti va Respublika “Hunarmand” uyushmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi

Samarqandda “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti tomonidan “O‘zbekistonning yo‘qolib borayotgan gilam turlarini qayta tiklash yo‘llari” mavzusida II xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘tkazilmoqda.
Xalqaro ilmiy-amaliy seminar doirasida Ipak yo‘li xalqaro tadqiqot instituti va Respublika “Hunarmand” uyushmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Memorandum doirasida hamkorlik ilmiy tadqiqot loyihalarida, ularning natijalarini chop etishda ishtirok etadi, hamkorlikda seminarlar, konferensiyalar, tanlovlar va talabalar ko‘rgazmalari, PhD va DSc dissertatsiya himoyalari, talabalar ishlari ko‘rgazmalarini tashkil etish, arxitektura, dizayn, qurilish, arxitektura merosini saqlash va ta’mirlashning dolzarb muammolari bo‘yicha turkum ma’ruzalar qilish uchun yetakchi professorlarni taklif etish,talabalar va yosh o‘qituvchilar uchun hamkorlikdagi stajirovkalar shuningdek amaliyotlar tashkil etish, mehnat bozorining dolzarb tamoyillari va ehtiyojlariga qaratilgan hamkorlikdagi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish kabi masalalarga e’tibor qaratiladi.

Oldingi O‘zbekistonning yo‘qolib borayotgan gilam turlarini qayta tiklash yo‘llari” mavzusida II xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘tkazilmoqda.

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.