Xalqimizga xos bo‘lgan mehr-shafqat hamda muruvvat tantanasi – 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni har yili mamlakatimizda alohida e’tibor ostida o‘tkazilishi o‘ksik ko‘ngillarda hayotga bo‘lgan ishtiyoq, mehr-muhabbat tuyg‘ularini yanada jo‘sh urdirmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Sana munosabati bilan joylarda muruvvat tadbirlari tashkil etildi.
Jumladan, «Hunarmand» uyushmasi Andijon viloyati boshqarmasi hodimlari Izboskan va Paxtaobod tumanlarida faoliyat yuritib kelayotgan, imkoniyati cheklangan usta hunarmandlar holidan xabar oldilar.
E’tibordan ko’ngli yuksalgan yurtdoshlarimiz ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun tashkilotchilarga o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.