Bugun 3-dekabr’ Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Respublika «Hunarmand» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Akbar Muhamedov boshchiligida «Hunarmand» uyushmasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Farg‘ona shahridagi «Saxovat uyi»da istiqomat qilib kelayotgan “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lgan imkoniyati cheklangan hunarmandlar xolidan xabar olindi.
Tashrif davomida mazkur muassasada hunarmandlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Bugungi kunga qadar hunarmandchilik yo‘nalishida respublika hamda xalqaro miqyosdagi ko‘plab ko‘rik-tanlovlarda munosib ishtirok etib kelayotgan hunarmandlarimiz hunarmandchilikning kashtado‘zlik, gilam to‘qish, kulolchilik, suviner mahsulotlarini tayyorlash hamda tikuvchilik hunari sirlarini «Saxovat uyi»dagi yaqinlariga ham o‘rgatib kelmoqdalar.