Bugungi kunda xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik sohasi o‘ziga xos yangi bosqich sari ilgarilamoqda. Soha vakillari zamon bilan hamnafas bo‘lib, bugungi bozor talablariga mos ekologik toza va kreativ mahsulotlar yaratish orqali hunarmandchilikni rivojlantirishda munosib hissa qo‘shmoqda.
Shunday fidokor ustalardan biri – Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumanining Qamishtepa mahallasida faoliyat yuritayotgan Ilhom aka Davletovdir.
Ilhom Davletov rahbarligidagi “Hunarmandlar markazi”da bugungi kunda 10 dan ortiq to‘quvchi va 50 dan ziyod kasanachilik bilan shug‘ullanuvchi hunarmandlar samarali faoliyat yuritmoqda. Bu markaz nafaqat ish o‘rinlari yaratishda, balki yosh avlodga hunarni o‘rgatish va an’anaviy san’atni saqlab qolishda ham muhim rol o‘ynamoqda.