“Hunarmand” uyushmasi tomonidan “Kitobsevar yoshlar” tanlovi o‘tkazildi.

Bugun 8 aprel kuni “Hunarmand” uyushmasi tomonidan tizimdagi barcha yosh xodimlarning kitobxonlik madaniyati va kitob mutolaasiga qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Kitobsevar yoshlar” tanlovi ZOOM platformasi orqali o‘tkazilmoqda.

Tanlov qadimiy va betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini, ularning noyob asarlarini asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga yetkazish, yoshlarimizni o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish hamda 2025 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, Uyushma tizimidagi yosh kadrlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Tanlov ikki bosqichda tashkil etilmoqda, Birinchi bosqich tanlovning arizalar qabul qilish bosqichi bo‘lib, unda tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlardan arizalar qabul qilindi.Ikkinchi bosqich tanlovning asosiy bosqichi bo‘lib, 3 ta shart asosida o‘tkazilmoqda.

“Badiiy asarlar bilimdoni” shartida biror asardagi syujetga oid epizod o‘qib eshittiriladi. Ishtirokchidan ushbu asar nomini topishi hamda uning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati to‘g‘risida sharhlab berishi so‘raladi.

“Tezkor savol-javob” shartida Respublika ishchi guruhi tomonidan tavsiya etilgan badiiy adabiyotlardan tuzilgan 5 ta savolga 5 ta javob berish so‘raladi.
“Erkin mavzu” shartida ishtirokchilar Respublika ishchi guruhi tomonidan tavsiya etilgan mavzulardan biri tanlanadi va ushbu mavzuda monolog yoki ma’ruza tayyorlash orqali o‘z fikrini bayon qilib berishi so‘raladi.
Tanlov g‘oliblari munosib ravishda Uyushma rahbariyati tomonidan taqdirlanadi. 1-o‘rinni egallagan ishtirokchilarning har biri o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlaridan iborat kitoblar jamlanmasi,
1 million so‘m pul mukofoti, diplom bilan, 2-o‘rinni egallagan ishtirokchilarning har biri o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlaridan iborat kitoblar jamlanmasi, 500 ming so‘m pul mukofoti, diplom bilan, 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilarning har biri o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlaridan iborat kitoblar jamlanmasi va diplom bilan taqdirlanadi.
Munosib ishtirok etgan xodimlarga maxsus sertifikatlar taqdim qilinadi.

 

Oldingi Hunarmandchilik sohasida startap loyihalar tanlovi to’g’risidagi nizom va mezonlar

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.