O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Z. Maxkamova va
Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari M. Axmedova
«Parvoz» mahallasida faoliyat yuritayotgan hunarmand Umida Matmuratovaning milliy liboslar ishlab chiqarish loyihasini kengaytirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.Loyiha mahalladagi ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda milliy qadriyatlarni tiklash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Tashrif doirasida mahalladagi «Qora uy»da tashkil etilgan mahalliy muzeyning ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Bu loyiha mahallaning tarixiy, madaniy va ma’naviy hayotini boyitishga xizmat qiladi.
