Respublika «Hunarmand» uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchisi Raxmatulla Nurimbetov hamda Daniyadagi bir qator o‘zbek ekspertlari ishtirokida zoom platformasi orqali muloqot o‘tkazdi.
Muloqot davomida Skandinaviya davlatlarida o‘zbek hunarmandchilik ko‘rgazmalarini tashkillashtirish, ushbu ko‘rgazmalarda xalq amaliy san’atini namoyish etish hamda o‘zaro tajriba almashish masalalariga e’tibor qaratildi.