Shahrisabz shahar hokimining o’rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo’limi rahbari Muhayyo Almirzayеva va shahar Hunarmandlar uyushmasi hamkorligida «Kashtalar jilosi» fеstivali o’tkazildi. Tadbirda 15 nafar hunarmand kashtado’zlarning turli yo’nalishdagi ko’rgazmalari, mohir usta hunarmandlarning «Ustoz-shogird» lik an’analari asosidagi tajribalari ommalashtirildi.
Tadbirda Shahrisabz shahar Madaniyat bo’limi xodimlari tomonidan diltortar taronalar yangradi. Tadbir so’ngida 11 nafar usta-hunarmandlar turli nominatsiyalar bo’yicha Shahrisabz shahar hokimligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.