Respublika “Hunarmand” uyushmasi hamda Eron Islom Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda joriy yil 6-8 iyun kunlari eronlik 9 nafar hunarmandning O‘zbekistonga tashrifi amalga oshirildi.
Joriy yil 6-8-iyun kunlari eronlik hunarmandlar Buxoro shahrida tashkil etilgan XXI an’anaviy xalqaro «Ipak va ziravorlar» festivalida o‘zlarining hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan ishtirok etdi.
Bugun eronlik hunarmandlarning Samarqand shahridagi Islom Karimov ko‘chasida hunarmandchilik ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmada eronlik hunarmandlar kulolchilik, zargarlik, qo‘lda gazlamalar to‘qish va miniatyura kabi yo‘nalishlarda o‘zlarining hunarmandchilik mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.