E’LON! Hurmatli hunarmandlar!

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining tashabbusi bilan 2025-yil 23–24-avgust kunlari Toshkent shahridagi “Dream Park” hududida «O‘zbekiston sovg‘alari» hunarmandchilik mahsulotlari savdo yarmarkasi o‘tkaziladi!

Tadbirning maqsadi — mohir ustalarning mahsulotlarini aholiga keng targ‘ib qilish, hunarmandchilikni yanada rivojlantirish hamda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashdir.

Respublika «Hunarmand” uyushmasi ushbu yarmarkada ishtirok etish istagida bo‘lgan respublikamizdagi mohir hunarmandlarni faol ishtirok etishga chorlaydi!

Ishtirok etishni xohlagan hunarmandlar tegishli “Hunarmand” uyushmasining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar)bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.

Sana: 23–24-avgust, 2025-yil

Manzil: “Dream Park”, Chilonzor tumani , Mirzo Ulug‘bek metrosi yaqinida Gʻofur Gʻulom nomidagi“Dream Park”
Murojaat uchun aloqa: (mahalliy bo‘limlar orqali bog‘laniladi)

Mas’ul xodimi: Tog‘ayev Axrorjonga tel. 97. 540-42-52

Diqqat: Ishtirokchilar soni cheklangan — ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling!

Oldingi Iqtisodiy mustaqillikdan – ijtimoiy faollik sari

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.