Dubayda Arabian Travel Market ATM-2025 xalqaro ko‘rgazmasi o’tkazilmoqda

Joriy yilning 28-aprel kunidan Dubayda Arabian Travel Market ATM-2025 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Eng yirik biznes markazi «World Trade Center Dubai»da O‘zbekiston milliy stendi namoyish etilmoqda.
Arabian Travel Market – Yaqin Sharqdagi yetakchi sayyohlik ko‘rgazmalaridan biri bo‘lib, ko‘rgazmada har yili turizm bozorining 2800 dan ortiq mahsulotlari namoyish etilib, dunyoning turli burchaklaridan 39 mingga yaqin mehmonlar tashrifi buyuradilar. Bu yil ham ko‘rgazmada Osiyo, Yevropa, Afrika, Amerika va Yaqin Sharqning ko‘plab davlatlaridan turizm sohasidagi yetakchi mutaxassislar qatnashmoqda. Ushbu ko‘rgazmada “Hunarmand” uyushmasi Andijon viloyati boshqarmasi xodimi Madina Raimova ham ishtirok etmoqda.
32-arab sayohat bozori (ATM) turizm va transport aloqasining kelajagini shakllantiradigan eng muhim tendensiyalar, innovatsiyalar va strategiyalarni muhokama qilish uchun aviatsiya va sayohat sanoatining global yetakchilarini birlashtiradi.

Oldingi HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.