Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Djo’rayeva Ra’no o’yinchoqlar tayyorlash yo’nalishida 20 yildan beri shug’ullanib keladi

Djo’rayeva Ra’no o’yinchoqlar tayyorlash yo’nalishida 20 yildan beri shug’ullanib keladi

Usta hunarmand Djo’rayeva Ra’no O’zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Buxoro viloyat boshqarmasi Kogon tuman bo’limining a’zosi.”O’yinchoqlar tayyorlash” yo’nalshi bo’yicha 20 yildan beri shug’ullanib keladi. Usta hunarmand Ra’no Jurayeva o’yinchoqlar yasashda mayda va diqqat talab qiladigan, rassomchilik, tikuvchilik, dizaynerlik mahoratlarini mujassam etgan yo’nalish bo’lishiga qaramay o’z hunarini sevib, ijod qladi.Har bir yasagan qo’g’rchoqlarida -beg’uborlik, bolalik, mehr muhabbat…

Usta hunarmand Djo’rayeva Ra’no O’zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Buxoro viloyat boshqarmasi Kogon tuman bo’limining a’zosi.”O’yinchoqlar tayyorlash” yo’nalshi bo’yicha 20 yildan beri shug’ullanib keladi. Usta hunarmand Ra’no Jurayeva o’yinchoqlar yasashda mayda va diqqat talab qiladigan, rassomchilik, tikuvchilik, dizaynerlik mahoratlarini mujassam etgan yo’nalish bo’lishiga qaramay o’z hunarini sevib, ijod qladi.Har bir yasagan qo’g’rchoqlarida -beg’uborlik, bolalik, mehr muhabbat bor!

 Ustaning ijodida milliy qo’g’irchoqlarning ahamiyati katta bo’lib, “Tohir va Zuhra” ,”Alpomish” , “Zumrad va Qimmat”, ” Barchinoy” kabi yuzlab ijod namunalarini yaratgan. Hunarmand Ra’no Jo’rayeva 20 dan ortiq shogirdlar tayyorladi.Nafaqada bo’lishlariga qaramay,  Respublikaning barcha viloyatlarida o’tkaziladigan ko’rgazmalarda ishtirok etadi. Ustaning mahorat bilan qilingan bejirim ijodiy ishlari “Qo’g’irchoqlar teatri”da, Maktabgacha ta’lim muassasalarida ,sayyohlarning uylarida bezak  bo’lib turibdi.

Author: Uyushma axborot xizmati