2025-yil 20-iyun kuni soat 17.00 da Toshkent shahridagi «City Mall”da O‘zbekiston xalq amaliy san’ati ustalarining hunarmandchilik mahsulotlari jumladan, kulolchilik, kashtachilik, milliy liboslar, misgarlik, milliy liboslar kabi yo‘nalishlaridagi san’at asarlari hamda xalq amaliy san’ati ustasi kulol Gʻayrat Jo‘rayevning kulolchilik namunalari o‘rin olgan “Bright gallery” art galeriyasining ochilish marosimi o‘tkaziladi.
Ochilish marosimida hunarmandlarning mahorat darslari ham o‘tkaziladi bu yerga kelgan ishtirokchilar o‘z qo‘llari bilan kulolchilik mahsulotlarini yasab ko‘rishlari mumkin.
Keling, ushbu tadbirda Siz ham ishtirok eting!