Chust tumanida “Chust pichog‘i” va “Chust do‘ppisi” yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari U. Ismatillayev, viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari va “Hunarmand” uyushmasi vakillari ishtirok etdi.
Suhbat davomida ro‘yxatga olingan geografik ko‘rsatkichlar – **“Chust pichog‘i” va “Chust do‘ppisi”**ning kontrafakt nusxalari haqida fikr almashildi. Xususan, ularning xitoydan noqonuniy olib kirilmagani, ammo ichki bozorda ayrim shaxslar tomonidan qayta tayyorlanayotgan holatlari qayd etildi.
Uchrashuv yakunida hunarmandlar o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi
Bunday tadbirlar hunarmandchilikni qonuniy himoya qilish mahsulotlar nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.