Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > BAA amaliy safari davomida O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi

BAA amaliy safari davomida O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi

Birlashgan Arab Amirliklarida amaliy safari davomida O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi, Xususan, O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida «Sheikh Zayed Grand Mosque» majmuasi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda har yil noyabr va mart oylarida Abu Dabi amirligida bo‘lib o‘tadigan «Shayx Zoid» festivalida O‘zbekiston pavilonini tashkil etish va o‘zbek hunarmandchiligi mahsulotlarini…

Birlashgan Arab Amirliklarida amaliy safari davomida O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi, Xususan, O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida «Sheikh Zayed Grand Mosque» majmuasi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda har yil noyabr va mart oylarida Abu Dabi amirligida bo‘lib o‘tadigan «Shayx Zoid» festivalida O‘zbekiston pavilonini tashkil etish va o‘zbek hunarmandchiligi mahsulotlarini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Abu-Dabi va Dubay shaharlaridagi yirik savdo markazlarida o‘zbek hunarmandchilik mahsulotlari do‘konlarini tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

«Precise group» kompaniyalar guruhi prezidenti L.Xoxman bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kompaniyaning esdalik sovg‘alarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar natijasida joriy oyda Dubay xalqaro aeroportiga tutash hududda, «Precise group» kompaniyasiga tegishli savdo maydonida o‘zbek hunarmandchilik mahsulotlari do‘konini tashkil etishga to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Author: Uyushma axborot xizmati