AMALIY-SEMINAR O‘TKAZILDI

Respublika «Hunarmand» uyushmasi majlislar zalida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari faoliyatining 120 yilligi”ga bag‘ishlab “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni oldini olish, innovasion texnologiyalarni joriy qilish hamda Mehnat muhofazasining yangi bosqichi: ish joyida sun’iy intellekt va raqamlashtirishning roli” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminar O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashi bilan hamkorlikda “Hunarmand” uyushmasi tizimidagi xodimlar va Uyushmaga a’zo hunarmandlar ishtirokida tashkil etildi.

Seminarni “Hunarmand” uyushmasi raisi o‘rinbosari A.Muhamedov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Seminar davomida so‘z olganlar “Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi”, Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalarida mehnat muhofazasiga doir muammolar”, O‘zbekiston kasaba uyushmalari 120 yillik faoliyati hamda “Tadbirkorolik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalarida Mehnat qonunchiligi bo‘yicha yangiliklar” mavzularida nutq so‘zladilar.

Oldingi DIQQAT E’LON! Hurmatli hunarmandlar!

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.