Gilamdo‘zlik an’analari izidan…

«Hunarmand» uyushmasi va «Ipak yo‘li» xalqaro ilmiy tadqiqot instituti hamkorligida «Qashqadaryo va Surxondaryo gilamdo‘zlik san’ati: an’anaviylik va zamonaviylik» mavzusida ekspedisiya tashkil etildi.

Ekspedisiya doirasida tadqiqot guruhi Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Jeynov qishlog‘ida bo‘lib, u yerda mahalliy ustalar — Ashurbibi momo va Xadicha momo tomonidan to‘qilayotgan an’anaviy gilamlar, jumladan «arabi», «yag‘lama» va «iroqi» uslubidagi gilamlarni to‘qish jarayonini o‘rgandi.

Bu noyob gilamlar nafaqat milliy naqshlar bilan bezatilgan san’at asarlari, balki har bir ilmi, har bir rog‘asi bizning tariximiz, madaniyatimiz va ma’naviy merosimizni o‘zida mujassam etgan durdona hisoblanadi.

 

Oldingi 30-iyun — Yoshlar kuni muborak

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.