Qadimiy gilamdo‘zlik – zamonaviy tahlil markazida!
“Hunarmand” uyushmasi va “Ipak yo‘li” xalqaro ilmiy tadqiqot instituti hamkorligida
“Qashqadaryo va Surxondaryo gilamdo‘zlik san’ati: an’anaviylik va zamonaviylik” mavzusida ekspedisiya o‘tkazilmoqda.
Surxondaryoda mahalliy gilamdo‘z ustalar ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.
Maqsadlar:
Gilamdo‘zlikka oid ma’lumotlarni to‘plash
An’anaviy hunarlarni saqlash va rivojlantirish
Zamonaviy yechimlar va bozorga moslashuv
Yosh ustalarga tajriba almashish imkoniyati
Ustalar, olimlar va yosh gilamdo‘zlar gilam san’atining kelajagini muhokama qildilar.
Tez kunlarda foto va video tafsilotlar e’lon qilinadi.
Gilam – xalq ma’naviyatining in’ikosi.