“Kitobsevar yoshlar” munosib taqdirlandi

Respublika “Hunarmand” uyushmasi tomonidan tizimdagi barcha yosh xodimlarning kitobxonlik madaniyati va kitob mutolaasiga qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Kitobsevar yoshlar” tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov qadimiy va betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini, ularning noyob asarlarini asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga yetkazish, yoshlarimizni o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish mezoni asosida tashkil etildi.
Tanlov yakuniga ko‘ra g‘olib deb topilgan kitobxonlar uyushma raisi tomonidan pul mukofotlari va kitob jamlanmalari bilan taqdirlandi.

Oldingi E’LON! Hurmatli hunarmandlar!

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.