Xizmat safari davomida Uyushma rahbari Mansur Kuryazov – qo‘g‘irchoq ustasi bilan uchrashib suhbatlashdi.
Mansur Kuryazov Xorazm viloyatidagi kichik qishloqdan. U san’atdagi yo‘lini Toshkentda boshlagan va tug‘ilgan viloyatiga qaytib, u yerda qadimiy an’anaviy qo‘g‘irchoq teatri san’atini qayta tiklagan. Uning ishlari xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish etilmoqda, shuningdek, jahonga mashhur muzeylar kolleksiyalarini to‘ldirmoqda.
Uyushma rahbari xalq amaliy san’ati ustasi bilan dildan suhbatlashdi va sohadagi takliflarini tingladi.
