Xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari amalda

Respublika “Hunarmand” uyushmasi tomonidan 2025-yil davomida barcha hududlarda xotin-qizlar va yoshlar uchun hunarmandchilikka oid ko‘nikmalarni egallash imkonini beradigan bepul o‘quv kurslari tashkil qilinishi belgilangan.

Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi (Qonliko‘l, Kegeyli tumanlari), Andijon (Marhamat tumani), Buxoro (Qorako‘l, Jondor tumanlari), Jizzax (Zomin, Mirzacho‘l tumanlari), Qashqadaryo (Ko‘kdala tumani), Namangan (Uychi tumani), Samarqand (Kattaqo‘rg‘on shahar), Surxondaryo (Qumqo‘rg‘on, Boysun), Sirdaryo (Oqoltin tumani), Farg‘ona (Furqat tumani), Xorazm (Yangiariq, Tuproqqal’a) viloyatlari va Toshkent shahri (Sirg‘ali tumani)da kashtachilik, to‘quvchilik, o‘yinchoqlar yasash, milliy liboslar tayyorlash, chinni, fayans va sopol buyumlar tayyorlash, qo‘lda gilam to‘qish, esdalik buyumlari tayyorlash kabi ko‘plab yo‘nalishlarda o‘quv kurslari faoliyat yuritmoqda.

Mazkur kurslar hududlarda hunarmandchilikni yanada rivojlantirish, viloyatlardagi ish bilan band bo‘lmagan, imkoniyati cheklangan xotin-qizlar va yoshlarga hunar o‘rgatish orqali bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yilmoqda.

O‘quv kurslariga jalb qilingan tajribali hunarmandlar tomonidan xotin-qizlarga mahsulot yaratish hamda uni realizatsiya qilish sirlari o‘rgatilmoqda. Usta-hunarmandlar Uyushma mablag‘lari hisobidan rag‘batlantiriladi.

Kurslar yakunida hunar o‘rgangan xotin-qizlarga Respublika “Hunarmand” uyushmasi tomonidan sertifikatlar beriladi. Hunarmandchilik faoliyatini hunarmand yoki shogird sifatida davom ettirishlariga ko‘maklashiladi.

 

Oldingi O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov Xorazm viloyatida xizmat safarida

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.